
Iliya Topuriyani "basharasini buzmoqchi" bo‘layotgan jangchi paydo bo‘ldi
Yarim engil vazn (65,8 kg) toifasining taniqli vakili Yair Rodriges amaldagi chempion Iliya Topuriyaga qattiq gapirdi.
"Men Iliyani mag‘lub etishni xohlardim. Men u bilan shunchaki jang qilishni emas, balki uni yo‘q qilishni xohlayman. Bu katta farq qiladi. Men darhol hamma narsaga aniqlik kiritmoqchiman. U bilan qaerda uchrashsam, u aniq kaltaklanadi. Men uni yoqtirmayman.
Bu yigit men haqimda har xil gaplarni aytdi. Ijtimoiy tarmoqlarda u bilan shunchaki hazillashgandim. U esa bema’ni gaplarni gapira boshladi. Men odatda hech kimga bunday munosabatda bo‘lmayman va har doim hurmatda bo‘lishga harakat qilaman, lekin bu odam menga umuman yoqmay qoldi. Shuning uchun men uni basharasini buzmoqchiman”, - deya Rodrigesning so‘zlarini keltiradi MMA Junkie.
Eslatib o‘tamiz, “UFC 298” turnirida Topuriya Aleksandr Volkanovskini ikkinchi raundda nokautga uchratib, o‘ta engil vazn toifasida yangi UFC chempioniga aylangan edi.
Fikrlar