Iman Xelif bu savolga javob berishdan bosh tortdi
Parijdagi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ayollar boksida ishtirok etayotgan jazoirlik Iman Xelifdan doping-testdan boshqa testlardan o‘tgan-o‘tmaganligi so‘ralgan. Biroq sportchi javob berishdan bosh tortgan. Bu haqida "The Independent" Associated Press agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xelif 2023 yilgi jahon chempionatida oltin medal uchun jang oldidan gender testlari muvaffaqiyatsiz o‘tgani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. Ammo sportchiga Olimpiadada ishtirok etish huquqi berildi.
Fikrlar