
Insayd: "Neftchi"ga "Turon" etakchilari kerak!
Transfer bozorida faolligi bilan ko‘zga tashlanayotgan "Neftchi" klubi selektsiyada muxlislarini xursand qilishda davom etmoqchi.
Boisi, Sports.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning xabar berishicha, o‘tgan mavsumni "Turon" safida o‘tkazgan Xurshid Muxtorov va Marlen Chobanov faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishi mumkin.
Futbolchilar ayni damda jamoa murabbiylari e’tibor markazida bo‘lib turibdi.
Shuningdek, Vitaliy Levchenko forvard izlashda davom etmoqda. "Neftchi" ko‘rik davomida bir nechta variantlarni ko‘rib chiqadi.
Fikrlar