Insayd tasdig‘ini topdi: Jaloliddin Masharipov yangi raqamda (foto)
Avvalroq, "Al-Nassr" tarkibida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov raqamini o‘zgartirishi haqida yozgandik.
Klub matbuot xizmati bugungi mashg‘ulotlardan fotosuratlarni taqdim etdi. Unda Jaloliddinning yangi raqamda shug‘illanayotganini ko‘rish mumkin.
Katta ehtimol bilan, Krishtianu Ronalduning riyodliklar safiga kelib qo‘shilishi sababli, hamyurtimiz 7-raqamni 77ga o‘zgartirdi.
Fikrlar