Insinye "Napoli"ga qaytishi mumkin!

  • 23.01.2026 14:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Lorenzo Insinye o‘z xizmatlarini "Napoli"ga taklif qildi. Bu haqida insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi "Napoli" bilan olti oyga qisqa muddatli shartnoma imzolashga va yana bir yilga uzaytirishi mumkin. Insinye Neapolga qaytish uchun pastroq maosh olishga rozi.  Futbolchi "Napoli" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010 yildan 2022 yilgacha asosiy jamoada o‘ynagan, shundan so‘ng uch yil Kanadaning "Toronto" klubida o‘ynagan.

Italyalik hujumchi o‘tgan yozdan beri erkin agent bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!