
"Inter" APLning uch futbolchisiga xaridor bo‘lmoqda
"Inter" yozda Angliya Premer-ligasida to‘p surayotgan uch futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
"Neradzurrilar" transfer ro‘yhatiga MYu vingeri Taxit Chong, "Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongen va "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyang kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" oldinroq "Atalanta" hujumchisi Duvan Sapata xizmatlariga qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar