"Inter" azaliy raqibidan futbolchi olmoqchi

  • 15.01.2022 14:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning "Inter" jamoasi "Yuventus" futbolchisi Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Bu haqda "Gazzetta" nashri xabar berdi. 

"Neradzurrilar" argentinalik o‘yinchining "keksa sinora" bilan shartnomasini uzaytirmasligidan foydalanib qolmoqchi. 

Ayni vaqtda 28 yoshli futbolchi Turin klubidan katta maosh so‘ramoqda. "Yuventus" rahbariyati moliyaviy qiyinchiliklar davrida bu talabni bajara olmasligini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Paulo ushbu mavsum A Seriya doirasida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 3 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!