“Inter” Erik Lamelaga qiziqish bildirmoqda
Angliyaning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Erik Lamela boshqa jamoa qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Football italia xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Italiyaning “Inter” klubi argentinalik xavbekni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Milanliklar Lamela uchun 15 million evro berishga tayyorliklarni bildirishgan.
Ammo londonliklar hech bo‘lmaganda yarim himoyachini 18 million evroga sotishmoqchi.

Fikrlar