
"Inter" etakchisidan ayrildi
"Inter" hujumchisi Edin Jeko A Seriyaning 12-turidan o‘rin olgan "Milan"ga qarshi o‘yinda (1:1) mushaklaridan jarohat oldi.
Bosniyalik futbolchi terma jamoa qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shifokorlar uning son mushaklari shikastlanini tasdiqladi.
Ayni damda Jekoning Finlyandiya va Ukrainaga qarshi JCh-2022 saralash o‘yinlarida ishtirok eta olish yoki olmasligi ma’lum emas.
Edin Jeko joriy mavsum “Inter” safida jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi.
Fikrlar