"Inter" Ikardi o‘rniga Jekoning nomzodini ko‘rib chiqmoqda
"Inter" klubi rahbariyati yozda jamoadan ketishi kutilayotgan hujumchi Mauro Ikardi o‘rniga munosib futbolchi qidirmoqda.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "neradzurrilar" bu borada “Roma” forvardi Edin Jekoni ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Ular aynan 33 yoshli bosniyalik futbolchini Ikardiga munosib o‘rinbosar deb hisoblashmoqda.
O‘z navbatida “bo‘rilar” esa uning transferini 20 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Jeko joriy mavsum “Roma” safida A Seriyada jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar