
"Inter" Lautaroni sotadi!
"Inter" rahbariyati argentinalik hujumchi Lautaro Martinesni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida sotib yuborishga tayyor.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “neradzurrilar” evrokuboklardan chiqib ketgach, shunday qarorga keldi. "Inter" Lautaroni 100 million evroga baholamoqda. Unga "Manchester Siti" va "Barselona" klublaridan jiddiy qiziqish bor.
Martines joriy mavsum “Inter” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar