"Inter" Martinesni qo‘yib yuborishga tayyor

  • 2 may, 2023, 22:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubini yozgi transferlar oynasida ko‘plab futbolchilar tark etishi mumkin. Ular qatorida Lautaro Martines ham mavjud. "Neradzurri"lar uning ketishiga qarshi emas, deya xabar berdi "Football Insider" nashri. 

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, argentinalik hujumchini "Manchester Yunayted" kuzatib bormoqda. Angliya grandi kelasi mavsum uchun top strayker qidirmoqda. "Qizil iblislar" nishonida Xarri Keyn va Viktor Osimxen kabi futbolchilar ham mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, Lautaroning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda o‘z nihoyasiga etadi. U ushbu mavsum jamoasi safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birgalikda, sheriklariga 8 golli past bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!