
"Inter" o‘z tarixida hali bunaqa sharmandalikka uchramagandi
Italiya A Seriyasining 30-turida Milanning “Inter” klubi o‘z maydonida musobaqa debyutanti “Montsa”ni qabul qildi. Biroq Simone Indzagi shogirdlari kutilmaganda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Opta statistik portali xabariga ko‘ra, “neradzurrilar” tarixda ilk bor o‘z uyida ketma-ket uchta o‘yinda gol urmasdan mag‘lub bo‘lishdi. Jamoaning g‘alabasiz seriyasi esa beshta uchrashuvga etdi - to‘rtta mag‘lubiyat va bitta durang.
Italiya A Seriyasining 30-turi natijalariga ko‘ra, "Inter" hisobida 51 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Indzagi shogirdlari navbatdagi o‘yinni “Empoli”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 23 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar