"Inter" Xitoydagi sobiq futbolchisini yana ortga qaytarmoqchi

  • 06.01.2021 10:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyning "Tszyansu Sunin" klubi hujumchisi Eder Martins faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

34 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Neradzurrilar” allaqachon transfer masalasida Eder bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Ushbu transfer oson amalga oshishi mumkin. Boisi, "Tszyansu Sunin" va "Inter" klublarining xo‘jayini bitta - Suning korparatsiyasi hisoblanadi.

Aytish kerakki, Eder uchun “Inter” begona emas. U 2016-2018 yillarda ushbu jamoa safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!