"Inter" yaqin 24 soat ichida Jekoning transferini rasmiylashtiradi

  • 12.08.2019 15:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi "Roma" hujumchisi Edin Jekoni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Sportmediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 33 yoshli bosniyalik futbolchi uchun 18 mln evro taklif qilishmoqda. Ushbu transfer yaqin 24 soat ichida rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jeko o‘tgan mavsum “Roma”da jami 40ta o‘yinda maydonga tushgan va 14ta gol hamda 8ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” bundan avvalroq “Manchester Yunayted”dan belgiyalik forvard Romelu Lukakuni sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!