
"Inter"dan super kambek, jamoa chempionlik uchun kurashga qaytdi!
Italiya A Seriyasi 36-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Empoli" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda milanliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 28-daqiqa ichida mehmonlar 2 ta gol urib, hisobda oldinga o‘tib oldi. Biroq Inzagi shogirdlari bahs yakuniga qadar 4 bor raqib darvozasiga yo‘l topishni uddaladi.
Mazkur g‘alaba natijasida "nerradzurrilar" ochkolari sonini 78 taga etkazib olgan holda, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkinchi pog‘onadagi "Milan" 1 ta kam o‘yin o‘tkazib, 77 ochko jamg‘argan.
Fikrlar