Inzagi: Evropa ligasi finalida "Milan" va "Latsio" o‘ynashini orzu qilyapman
Italiya terma jamoasi hamda “Milan” klubi sobiq hujumchisi Filippo Inzagi joriy mavsum Evropa ligasi finalida qaysi jamoalarni ko‘rishni istayotgani haqida gapirib o‘tdi.
“Milan” ko‘proq Chempionlar ligasida o‘ynashga ko‘nikib qolgan, biroq, u hozir Evropa ligasida o‘zini qayta tiklab olishi kerak. Men esa Evropa ligasi finalida “Milan” hamda “Latsio” o‘ynashini orzu qilyapman. Bu mening oilam uchun haqiqiy bayram bo‘lar edi”, - deydi Inzagi La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Filipponing akasi Simone Inzagi ustozlik qilayotgan “Latsio” ayni damda o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. O‘z navbatida “Milan” ham guruh etakchisi hisoblanadi.



Fikrlar