Ishonchli manba Vinisiusning shartnomasi bo‘yicha ayrim savollarga oydinlik kiritdi
"Marca" nashrining xabar berishicha, Vinisius Junior mavsum boshigacha o‘zining eng yaxshi formasiga qaytishni maqsad qilgan. Uning atrofidagi insonilar so‘nggi haftalarda OAVda tarqalgan "Real" bilan munosabatlar zichlashgani haqidagi xabarlarni real holatga yaqin emas, deb baholamoqda.
Madrid klubi ichida esa vaziyat tinch. Braziliyalik futbolchi bilan muhokama qilinishi kerak bo‘lgan barcha masalalar mart-aprel oylarida hal etilgan.

Ayni paytda Vinisiusning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Biroq, uni uzaytirish borasidagi muzokaralar hozircha to‘xtab qolgan.

Fikrlar