Isko tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadi

  • 31.01.2023 20:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Germaniyaning "Union" Berlin klubi Isko bilan shartnoma imzolamasligini ma’lum qildi. \

Taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, Iskoning nemis klubiga transferi ertalabki tibbiy ko‘rikdan so‘ng muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 

Avvalroq, 30 yoshli xavbek "Sevilya" rahbariyati bilan kelisha olmay, andalusiyaliklar bilan shartnomasini bekor qilgandi. 

Ma’lumot uchun, Iskoga "Leyptsig" qiziqayotgani haqida ham xabarlar tarqalmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!