Iskoni Turkiyaga chaqirishyapti

CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Sporx nashrining xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi “Fenerbaxche” klubining qiziqishlar doirasiga kirib qolgan.

Tecno

Istambulliklar qishda jamoaning markaziy chizig‘ini kuchaytirishmoqchi. Ularning bu boradagi ikkinchi nomzodi “Chelsi” yarim himoyachisi Sesk Fabregas bo‘lmoqda. Turk klubi ikki ispandan birini ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Isko ushbu mavsumda 15ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Avvalroq esa, Iskoning hizmatlariga Turinning “Yuventus” klubi hamda bir qator ingliz jamoalari ham qiziqish bildirishayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!