Islom Maxachевni butunlay o‘zgartirgan jang qaysi edi?
77 kg vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev faoliyatida katta burilish qilishga yordam bergan jang haqida gapirdi.
"2015 yil 3 oktyabr kuni "UFC 192" turnirida braziliyalik Adrian Martinsga qarshi mag‘lubiyat meni o‘zgartirgan. O‘shanda o‘zimdan uzoq vaqt so‘ragandim: "Nega bunday bo‘ldi? Nega yutqazdim?" Har kuni o‘zimni tinmay savolga tutardim. Bugun esa ushbu savollarga javoblarim bor va bundan juda xursandman. Aynan o‘sha mag‘lubiyat meni jangchi sifatida o‘stirdi", – dedi Maxachev "Red Corner MMA" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Maxachev Martinsdan yengilganiidan buyon ketma-ket 16 ta bahsda g‘alaba qozondi (10 tasi muddatdan avval).

Fikrlar