Islom Maxachev: "Jek Maddalena men uchun xavfli raqib, chunki..."

  • 08.09.2025 23:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning 33 yoshli sobiq chempioni Islom Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi bo‘lajang jang haqida gapirdi.

"Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Uch haftalik yig‘indan endi qaytdik. Raqibim xavfli, albatta. Agar u UFC da chempion bo‘lsa, demak, oddiy jangchi emas – bu erda oson raqiblar bo‘lmaydi. Shu bois jangga maksimal mas’uliyat bilan yondashayapman. O‘ylaymanki, noyabr o‘rtalariga borib a’lo sport formasida bo‘laman", – dedi rossiyalik Grozniydagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev (27-1) va Maddalena (18-2) to‘qnashuvi 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!