Islom Maxachev Jek Maddalenadan mag‘lubiyatga uchrashi mumkin

  • 12.10.2025 03:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC sobiq jangchisi Ruslan Magomedov rossiyalik Islom Maxachev va avstraliyalik Jek Della Maddalena o‘ratsidagi to‘qnashuv haqida fikrlarini bildirdi.

“Bu bahsda Jekning imkoniyatlari ko‘p. Chunki gabaritlar bu vaznda juda katta ahamiyatga ega. Erkin kurashda ham har 100 gramm katta rol o‘ynaydi, bu erda esa kilogrammlar haqida gap ketmoqda. Islom mavsum oralig‘ida 90 kg gacha chiqadi, Jek esa 95–97 kg atrofida bo‘ladi. Maxachev 10 kg tushiradi, Della Maddalena esa 20 kg gacha kamaytiradi. Keyin Islom tarozidan o‘tgach, 2 kg qayta vazn yig‘adi, Jek esa 8–10 kg tiklaydi”, — dedi Magomedov "MMA.Metaratings.ru" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Jek Della Maddalena (18-2) va Islom Maxachev (27-1) qarama-qarshiligi 16 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi "UFC 322" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!