Islom Maxachev Xabib Nurmagomedovni ortda qoldirdi

  • 06.01.2025 14:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev mazkur promoushenda ketma-ket 14 ta jangda g‘alaba qozondi. Shu tariqa u UFC da ketma-ket 13 ta g‘alabaga erishgan Xabib Nurmagomedovni ortda qoldirdi.

Agar Maxachev "UFC 311" turnirida Arman Tsarukyandan ustun kelsa, Kamaru Usmanning natijasi(15 ta)ga tenglashib oladi.

Eslatib o‘tamiz, UFC da eng ko‘p ketma-ket g‘alabaga erishgan jangchi Anderson Silva (16 ta) hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!