
"Istiqlol" ikki tur qolganda etakchilikni boy berib qo‘ydi
Eron chempionati 28-turidan o‘rin olgan "Nassaji Mozandaron" - "Istiqlol" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov ilk daqiqalardan maydonga tushdi va to‘liq harakat qildi. "Istiqlol" 2 tur qolganda chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin pasaytirdi.
Ma’lumot uchun, ayni damda 62 ochko jamg‘argan "Persepolis" turnir jadvalida etakchiga aylandi, "Istiqlol"da 61 ochko va ikkinchi o‘rin.
Fikrlar