Italiya afsonalari Shomurodovni nega “podderjka” qilyapti?

  • 16 mart, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” futbolchilari Evropa ligasida Bilboaning “Atletik” klubini engib o‘tolmaganidan keyin rimliklar joriy mavsum oxirigacha faqat bir maqsad – A Seriya musobaqa jadvalida Evropa kuboklariga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashidan bo‘lyapti.

Hozircha, Klaudio Raneri shogirdlari ettinchi pog‘onaga ko‘tarilib olgan va xalqaro musobaqalarga yo‘l ochadigan kuchli oltilikni yakunlab turgan “Bolonya”dan to‘rt ochko ortda qolyapti. Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan to‘rtinchi o‘rinda borayotgan “Yuventus” bilan o‘rtadagi farq olti ochkoni tashkil qilyapti.

Shu bois, 16 mart kuni “Olimpiko” stadionida “Kalyari”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda g‘alaba qozonish “Roma” futbolchilari uchun suv va havodek zarur.

Bo‘lajak bellashuv bosh murabbiy Klaudio Raneri va hujumchi Eldor Shomurodov uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ular o‘tgan mavsumni “Kalyari”da o‘tkazib, sardiniyaliklarning yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qolishiga katta hissa qo‘shgan edi.

Italiya futbolida afsona darajasiga ko‘tarilgan sobiq futbolchilar bo‘lajak bellashuvga munosabat bildirib, Klaudio Raneri oldingi chiziqda o‘zbek futbolchisiga ishonch bildirishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Sports.uz portali mutaxassislarning fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.

Anjelo Di Livio, “Roma”, “Yuventus”, “Fiorentina” va Italiya terma jamoasi afsonaviy futbolchisi:

Gapni Bilbaodagi nokautli o‘yindan boshlash kerak. Mag‘lubiyatda Mats Xummels aybdor, albatta. U avval to‘pni yo‘qotib, keyin qo‘pollik ishlatgan vaziyatda Ndika yoki Svilarga pas berishi mumin edi. Lekin umuman noto‘g‘ri qarorga keldi.

Klaudio Ranerining o‘sha uchrashuvga tanlagan tarkibi menda ishonch uyg‘ata olmadi. Matias Sule qarshi hujumga to‘g‘ri kelmaydi, bu vaziyatda bizga qo‘l-oyog‘i chaqqon Salemakers va El-Shaaravi kerak edi.

Bu darajadagi bahsga hatto Pizillini ham tushurmaslik kerak.

Hozir “Roma”ning asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov. Agar “Roma” safida Eldor Shomurodov o‘ynasa jamoa ijobiy natijaga erishyapti va ochko olyapti. “Kalyari” bilan bo‘ladigan navbatdagi uchrashuvda Eldor maydonga tushsa, ko‘zlangan ochko olinadi.

Shunga qaramay, Artyom Dovbikdan voz kechib bo‘lmaydi. Bu futbolchida muvaffaqiyatga erishish uchun barcha sifat etarli. Futbolda ayrim o‘yinchilar yangi jamoaga o‘tganidan keyin qiyinchilikka duch kelishi bor narsa.

Chichcho Gratsiani,  Italiya terma jamoasi safida 1982 yilgi jahon chempionati g‘olibi:

“Roma” futbolchilari Evropa ligasida “Atletik”ga qarshi ikkita o‘yinni teng darajada o‘tkaza olmadi. Deyarli butun uchrashuv davomida bir kishi kam bo‘lib harakat qilish juda qiyin. Xummelsning qizil kartochkasi ortiqcha bo‘ldi.

“Roma” bu yil Evropa Chempionlar ligasiga chiqa oladimi?

O‘n hafta muqaddam “Roma”ning hayoti jahannamga aylanib ketgan edi. Klaudio Raneri kelganidan keyin ular toza havoga chiqdi. Agar zaxirangizda 30 ochko bo‘lsa ham, zamonaviy futbolda vaziyat siz uchun ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarib ketishi hech gap emas.

“Roma” futbolchilari kayfiyatini tushurmasligi, aksincha, mavsum oxirigacha maksimal ochko olish uchun bor imkoniyatlarini ishga solib oxirigacha kurashishi lozim.

Raneri ajoyib ishlayapti va men Ivan Yurichning o‘rniga u ertaroq olib kelinmaganidan afsuslanaman.

Keyingi paytda Eldor Shomurodov o‘zining cheklangan imkoniyatlari bilan ham jiddiy kurash olib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, Koneni ham har qanday muhim uchrashuvda maydonga tushirish shart. Klaudio Raneri tarkib tanlashda xato qilmasligi lozim.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” va “Kalyari” o‘rtasidagi 29-tur uchrashuvi 16 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Husanovning avtogoli qanday oqibatga olib kelgani aytildi

Gvardiola Husanov avtogol urgan uchrashuvdan keyin nima dedi?

Bir uchrashuvda Xoland rekord, Husanov antirekord o‘rnatdi!

Premer-liga antirekordchisi Husanovga qanday baho berdi?

Raneri Shomurodov masalasida katta xatoga yo‘l qo‘ydi!

“Manchester Siti”: Hozir Husanovga tegib bo‘lmaydi!

Husanovga yaxshi yangiliklar...

“Roma”ni qutqara olmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Eldorning rafiqasi kim? Evropada Shomurodovning oilasiga qiziqa boshlashdi!

Fayzullaev: Ortga qaytyapman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!