Italiya o‘z rekordini yangiladi

  • 20 noyabr, 2019, 00:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor kecha Italiya terma jamoasi Evro-2020 saralashi doirasida o‘z maydonida Armanistonni 9:1 hisobida engdi. Shu tariqa italiyaliklarning saralashdagi g‘alabali seriyasi 11 ta o‘yinga etdi.

E’tiborlisi, "Skuadra Adzurra" shu tariqa g‘alabali seriya bo‘yicha o‘z rekordini natijasini yanada yaxshilab oldi.

Ta’kidlash kerakki, bu boradagi avvalgi rekordni 1938 yilda Vittorio Potstso bosh murabbiyligidagi Italiya terma jamoasi qayd etgan. O‘shanda ular ketma-ket 9 ta o‘yinda zafar quchishgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Italiya terma jamoasini Roberto Manchini boshqarib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!