Italiyada Ronalduni uchun kutilmagan da’vogar paydo bo‘ldi

  • 3 iyul, 2022, 08:47
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasi payti Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.

Tecno

Angliyaning bir qancha nufuzli nashrlari portugaliyalik hujumchi "qizil iblislar" rahbariyatiga klubdan ketmoqchi ekanligi haqida aytganligini ma’lum qildi.

Italiyalik jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, Krishtianu Ronalduga nafaqat “Roma”, "Chelsi" va "Bavariya" kabi jamoalar, balki "Napoli" ham qiziqish bildirgan. Italiyaning ushbu klubi zamonaviy futbolning asosiy yulduzlaridan biri bilan shartnoma imzolamoqchiligi kutilmagan holat deb hisoblash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu avvalroq Italiya A seriyasida to‘p tepgan. U 2018 yildan - 2021 filgacha "Yuventus" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!