Italiyaga kelinglar!

  • 20 avgust, 2022, 21:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi”dagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng, ijara asosida “Inter”ga qaytgan Romelu Lukaku “aristokratlar” safini tark etishga qaror qilgan Trevo Chalobani o‘zi bilan jamoadosh bo‘lishga taklif qildi.

Chaloba Tomas Tuxel qo‘l ostida asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda. Klub uni bir mavsumga ijaraga yuborishga tayyor. 23 yoshli markaziy himoyachiga “Inter”dan tashqari “Milan” va “Roma” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Lukaku Chalobaning “Inter”ga kelishini to‘g‘ri tanlov sifatida qabul qilmoqda. Milanliklar ham ayni paytda markaziy himoyachi xizmatiga muhtoj.

Chaloba faoliyati davomida klublar miqyosida 215 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol va 10 ta assist rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!