Italiyalik ekspert Shomurodovning kamchiliklarini aytdi!

  • 13 avgust, 2023, 22:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyada yangi futbol mavsumi boshlanmoqda. A Seriya debyutanti “Kalyari” faoliyatini keng yoritib kelayotgan www.tuttocagliari.net sayti Klaudio Raneri jamoasi haqida turli ekspertlarning fikr-mulohazalarini berib borishni davom ettiryapti.

Bu gal sayt xodimlari Sky va Mediaset tarmoqlari eksperti va sharhlovchisi Rikkardo Trevizaniga murojaat qildi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga italiyalik mutaxassisning “Kalyari” va jamoaning yangi o‘yinchisi – o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarini havola etadi.

363350221_830894205064601_75279518734258072_n

- Rikkardo, “Kalyari” A Seriyaga ikkita og‘ir final uchrashuvidan keyin yo‘l oldi. Jamoani bu yutuqqa loyiq, deb hisoblasizmi?

- “Kalyari”ning yuqori divizionga chiqishida ozgina omadi chopdi. Lekin omad hamisha mardlar tomonida bo‘ladi. Bu o‘yin tarixida omadli va omadsiz jamoalar juda ko‘p bo‘lgan. Omadsizlikni hech qachon muvaffaqiyat bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Hal qiluvchi o‘yinda g‘alaba to‘pini Pavoletti kiritdi. Biroq, bu futbolchini maydonga kerakli paytda kim tushurganini nazardan qochirmaslik kerak.

Ikkala final o‘yini barqaror o‘tdi. Bunga ko‘p omillar ta’sir qiladi. Lekin maydonda asosiy ishni o‘yinchilar bajaradi va ko‘p narsa ularning tajribasiga va uchrashuvdagi ayrim vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi.

Lekin men “Bari” mavsum davomidagi o‘yinlaridan kelib chiqib, yuqori divizionga ko‘tarilishga loyiqroq edi, deb hisoblayman. Biroq, yo‘llanma bitta va u birgina jamoaga nasib qiladi. Mana shundan kutilmagan holatlar uchun ham bu o‘yinni yaxshi ko‘ramiz.

- “Kalyari”ning transfer kampaniyasini qanday baholaysiz? “Verona”dan kelgan Sulemananing salohiyati qanday? Shomurodov singari tajribali, lekin so‘nggi mavsumlarda samaradorligi pasayib ketgan hujumchining kelganini muxlislar turlicha qabul qildi. Bunga nima deysiz?

- Sulemanuga ishonchim katta. Elladada qanday o‘ynaganini ko‘rganman. Kelajak uchun juda yaxshi futbolchi. Shomurodov esa, tajribasi katta hujumchi. Lekin futbol nuqtai nazaridan hali yangi g‘oyalarini ko‘rsata olgani yo‘q.

Eldor tezkor va yaxshi yugura oladigan sifatli o‘yinchi, chiroyli va muhim gollarni ura oladi. Biroq, vaqti vaqti bilan oddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi va ayrim holatlarda umuman noto‘g‘ri qaror qabul qiladi. Oddiyroq aytganda,  Shomurodov har doim ham to‘g‘ri o‘ynamaydi.

Lekin, shubhasiz, u juda yaxshi o‘yinchi, hali “Kalyari”dagi ishini ko‘rmay turib, baho berishimiz ham to‘g‘ri emas.

Menimcha, Klaudio Raneri Shomurodovdan asosiy markaziy forvardga yordamlashadigan ikkinchi hujumchi sifatida foydalanadi. Shuning uchun ham klub transfer bozorida zo‘r markaziy hujumchi topishi shart, chunki Lapadulaning jarohati ancha jiddiy. Hali uning qachon maydonga qaytishi noma’lum va bu muddat ancha cho‘zilishi mumkin.

Hozir sport direktori Bonato asosiy e’tiborni maydon markazida o‘yinni boshqaradigan Matteo Pratini olishga qaratgan. Biroq, SPAL plemeykeriga “Palermo” bosim o‘tkazayotgan bu ishlarning yurishib ketishiga to‘sqinlik qilyapti.

Aslida transfer bozorining boshi va oxirida ko‘p masala hal bo‘ladi. O‘rtada transferlar kam bo‘lishi odatiy hol. Hozir ana shunaqa palla.

3af9f86676ac04794c2fb8b1d0591ef5-34735-oooz0000

- “Kalyari”ning A Seriyadagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Jamoa yuqori divizionga moslashib,  mavsum oxirida o‘z joyini saqlab qolishi kerak. “Kalyari” A Seriyada o‘z tarixiga ega. Eng asosiy vazifa 2022 yili yuz bergan holatni takrorlamaslik. Birinchi navbatda, jamoa A Seriyadagi o‘rnini mustahkam olishi talab etiladi.

Italiya chempioni Shomurodov haqida gapirdi

“Shomurodov yaxshi narsalarni gapirib berdi, o‘zim kurashga tayyorman!”

Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)

Legionerimiz o‘ziga joy tanladi!

Shomurodovning ustozi kelajagi haqida hech kim kutmagan muhim gap aytdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Fhyritgbr3 Dguftuihr
14/08/2023 00:52
Худо хохласа Шомуродов узини курсатади
&
Muratbay
12/08/2023 20:56
Элдор ишинг юришини истасанг ярдам бераман нима ишлар килишни маслихата бераман
Pardayev Shavkat
12/08/2023 09:46
Нима бўлганда ҳам омадини берсин !
Boltayev Dilmurod
12/08/2023 07:56
Ikki yildan beri ko'rsatib turgan o'yini yo'q yana Shomurodov
Farhod Ziyayev
11/08/2023 23:31
Шомуродов жуда салохиятли хужумчи! Омадини берсин!
&
jamolidin
12/08/2023 13:46
uwa italyalik ekispirtmish uzini momosi nimadaligini etib bera olmaydiyu qanday birovni momosini etib beriw mumkin
&
Бахриддин М.З.
11/08/2023 22:19
Камчиликлари: майдонни кўра билмайди, тўп билан ўйнай олмайди, тупни шерикларига тўғри ошира олмайди, дарвоза нишонга ола олмайди.
Урган голлари таваккал тепилган тўплардир. Қисқаси ўйини йўқ таваккалчи ўйинчи, артист
&
Бахриддин М.З.
11/08/2023 22:20
Нормалний тренер 5 минут хам ўйнатмайди