
Jahongir Rasulov tarozidan o‘tib oldi. U Avstraliyada jang qiladi!
Ertaga 22 aprel kuni Avstraliyaning Melbrun shahrining St Kilda Town Hall arenasida professional boks kechasi tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur boks oqshomida yaqindagina Toshkentda bo‘lib o‘tgan kechada Malavilik Xannok Pirini mag‘lub etib, super engil vazn (63.5 kg) toifasida WBC mintaqaviy chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan, yurtdoshimiz Jahongir Rasulov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U filippinlik Jan Rik Karsedoga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mazkur jang kechasini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. Translyatsiya Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi. Yurtdoshimiz taxminan 6-7- jangda ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Jahongir Rasulov professional boksda 4 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida muddatidan avval g‘alaba qozongan. Jan Rik Karsedoning rekordi esa 9-1 ko‘rinish olgan.
Fikrlar