Jaloliddin Masharipov Serxio Ramos bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin (Foto)

  • 16.02.2021 09:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi sardorining oxirgi paytlarda jamoani tark etishi borasida xabarlar tinmayapti. Himoyachi "Qirollik klubi" bilan shartnomasini uzaytirmagani ham gap-so‘zlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.

Tecno

Shunday xabarlar ortidan e’tiborni tortadigan ma’lumot tarqaldi. Saudiya Arabistonining "Goal" nashri tvitterdagi sahifasida "Biz ispaniyalik Serxio Ramosni Saudiya Arabistoni ligasining futbolkasida ko‘rishimiz mumkinmi?" deya savol bilan murojaat qildi va himoyachini mamlakat jamoalaridan biriga o‘tish imkoniyatlarini chamaladi. Unga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Jaloliddin Masharipovni transfer qilgan "Al-Nassr", "Al-Ittihod", "Al-Ahli" yoki "Al-Hilol" klublaridan biriga yo‘l olish ehtimoli haqida yozdi.

EuSWtU8XIAE3wYS

Nashr himoyachi "Real" bilan shartnomani uzaytirmaganidan kelib chiqib shunday fikr bildirgan. Qolaversa, transfer kelasi yili yozda amalga oshishi mumkinligi ham qo‘shimcha qilingan va yuqoridagi jamoalar himoyadagi bo‘shliq to‘ldirilishi borasida ham mulohaza yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, "Al-Nassr" yanvar oyining oxirida Masharipovni "Paxtakor"dan transfer qildi va hamyurtimizni ma’lum sababga ko‘ra, BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasiga 5 oyga ijaraga berdi.

EuHTEzcXEAc-s89

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!