
Jaloliddin Masharipovning debyuti omadli chiqdi
Hozirgina BAA Pro ligasi 14-turidan o‘rin olgan "Shabab Al Ahli" hamda "Ittihod Kalba" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. "Al Rashid" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbonlar safida Aziz G‘aniev 90 daqiqa maydonda harakat qilgan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Bugungi g‘alabadan so‘ng "Shabab Al Ahli" hisobidagi ochkolar soni 22 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
BAA Pro ligasi. 14-tur
"Shabab Al Ahli" - "Ittihod Kalba" 2:0.
Fikrlar