Jamshidbek Najmiddinov ertangi jangi oldidan nimalar dedi?

  • 16 oktabr, 2021, 16:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkent vaqti bilan 17 oktyabr tongida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Bruklin shahrida joylashgan "Barclays Center" arenasida Triller kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, unda o‘zbekistonlik bokschi Jamshidbek Najmiddinov ham o‘zining okean ortidagi debyut jangini Uill Maderaga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs oldidan bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men juda mamnunman. Amerikada jang qilish imkoniyatini uzoq vaqtdan beri kutayotgan edim. Men o‘zimdagi eng zo‘r mahoratni ko‘rsataman. To‘g‘risi raqibim Madera haqida hech narsa bilmayman. Men kim bilan bo‘lmasin jang qilishni xohlayman. Bu erga shunchaki oson janglar uchun kelmadim. Nyu-Yorkda jang qilish juda ajoyib va bu meni o‘zimni ko‘rsatishga undaydi. O‘zimga ishonchim baland va jangda 5 yoki 6-raundda g‘alaba qozonishimga ishonaman",-deydi Najmiddinov.

Manba: Boxingscene.com

Jamshidbek Najmiddinov Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi jangi oldidan vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi (video)

Rayan Garsiyaning bu safargi jangi ham qoldirildi. U qo‘lida jarrohlik amaliyoti o‘tkazadi

Bugun boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining final janglari bo‘lib o‘tadi. Bahslarni qanday tomosha qilish mumkin?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!