
Jastin Getji Rafael Fizievga qanday saboq berib qo‘ygandi?
UFCning engil vazn (70,3) toifasi vakili Rafael Fiziev (12-2) Jastin Getji (25-4) bilan jangdan so‘ng qanday xulosa qilgani haqida aytib o‘tdi.
"Nimani o‘rgandim? Kamtarlikni. Shubhasiz, bu jangdan qolganlariga qaraganda yaxshigina tajriba oldim. O‘zimni qay tarzda tutishim kerakligini, jangda sovuqqon bo‘lib qolish, qizishib ketmaslik va his-tuyg‘ularni nazorat qilish kerakligini tushundim. Jastin bu borada menga katta yordam qildi",-dedi Fiziev.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Fiziev "UFC 286" turnirida Jastin Getjidan ochkolarga ko‘ra, mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar