
Jasur Hasanovga "Navbahor" ham qiziqmoqda
Tajribali yarim himoyachi Jasur Hasanov AGMK jamoasini tark etdi va u ikkinchi davrani boshqa klubda boshlamoqchi. Hozircha uning olmaliqliklar safini nima uchun tark etganligining sababi aniq emas. Biroq anig‘i shuki, Hasanov faoliyatini endi boshqa klubda davom ettiradi.
Bu borada jizzaxlik o‘yinchiga bir qator takliflar ham yo‘q emas. Yaqinda uning Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasiga qaytishi mumkinligi borasida ham xabarlar chiqqandi. Shuningdek, ushbu futbolchiga Namanganning «Navbahor» klubi tomonidan ham qiziqishlar mavjudligi haqida ma’lumotlar bor.
Buning ustiga Jasur Hasanov uchun «Navbahor» begona emas. Lekin ayni paytda futbolchi hali bir qarorga kelmagan va takliflarni o‘rganib chiqmoqda. Ammo tez orada Hasanovning keyingi faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida aniqlik kiritiladi.
Fikrlar
Защита: Голбан, Мехманов, Гофуров, Лукич
Полузащита: Ахмедов, Урунов, Тургунбоев
Нападение: Соловьёв, Касьян, ??? зур хужумчи олиш керак и всё