Javohir Sindarov: "Hikaru bilan bo‘lgan partiyadan keyin imkoniyatlarim juda kam deb o‘ylagan edim"

  • 05.03.2026 13:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Javohir Sindarov Titled Tuesdayda g‘olib bo‘lgach, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Grossmeysternig aytishicha, 7-turda Hikaru Nakamuraga yutqazganidan keyin turnirni yutish ehtimoli juda pastdek tuyulgan.

"Hikaru bilan bo‘lgan partiyadan keyin imkoniyatlarim juda kam deb o‘ylagan edim. Bir vaqt tekshirganimda, Hikaru va MVLning natijalari juda yaxshi ketayotganini ko‘rdim. Shunga qaramay, qolgan partiyalarda maksimal natija ko‘rsatishga harakat qilishim kerak deb o‘yladim.

Ba’zi pozitsiyalar juda yomondek tuyuldi. Lekin oxirgi yurishlarim juda yaxshi chiqdi. Ikkinchi tanaffusdan keyin esa ketma-ket uchta partiyani yutishga harakat qildim va bu amalga oshdi. Rostini aytsam, turnirni yutishda biroz omadim ham keldi.

Titled Tuesday Winter Split orqali  Global Chess Championship"ga ham yo‘llanma oldim va imkoniyatlarim yaxshi. Lekin hozir asosiy e’tiborim Nomzodlar turniriga qaratilgan. Shunga qaramay, eSports World Cup’da ham imkon qadar yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilaman.

Freestyle’dan keyingi Titled Tuesday’da o‘ynaganimda deyarli hamma meni yutgan edi. O‘zimni juda yomon his qilgandim — hatto ikki-uch yurishni ham hisoblay olmayotgandek edim. Ammo bugun, Hikaru bilan partiyadan tashqari, juda yaxshi o‘ynadim deb o‘ylayman. O‘yinlarimdan mamnunman.

Ayni paytda men Nomzodlar turniriga jiddiy tayyorlanyapman va musobaqaga eng yaxshi tayyorgarlik bilan borishga umid qilaman, - dedi Sindarov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!