Javohir Sindarov “Super Chess Classic Romania 2026” turnirida ishtirok etadi

  • 14.05.2026 10:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 14–23 may kunlari Ruminiyaning Buharest shahrida “Grand Chess Tour 2026” xalqaro turnirining 2-bosqichi — “2026 Super Chess Classic Romania” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqada jahonning eng kuchli 10 nafar grossmeysteri qatorida O‘zbekiston vakili, iste’dodli shaxmatchi Javohir Sindarov ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz ayni paytda 2776 reyting ochkosi bilan jahon reytingida 5-o‘rinda bormoqda.

Musobaqada Fabiano Caruana, Anish Giri, Vinsent Keymer, Alireza Firouzja, Uesley So kabi jahon shaxmatining yetakchi vakillari qatnashadi.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 475 ming AQSh dollarini tashkil etadi.



Musobaqa 14 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!