
Jaxon chempionatidagi dastlabki raqibimiz Toshkentga etib keldi
Niderlandiya terma jamoasi Toshkentga etib keldi.
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda. Bugun, 6 sentyabr kuni Niderlandiya milliy terma jamoasi Toshkentga etib keldi.
O‘FA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Niderlandiya milliy terma jamoasi delegatsiyasi
ni kutib oldi hamda odatga ko‘ra mehmonlarga esdalik sovg‘asi sifatida milliy do‘ppimiz sovg‘a qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya "A" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, ilk turda O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 14 sentyabr kuni, soat 20:00 da "Humo Arena"da start oladi.
Fikrlar