Ronaldu qanday jazo oldi?
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Tottenxem” bilan bo‘lgan bahsda zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortib, stadiondan ketib qolgan Krishtianu Ronalduga sanktsiya qo‘lladi.
Unga ko‘ra, 37 yoshli futbolchining ikki haftalik maoshi kesib tashlanadi. Bu summa 887 ming evroni tashkil qilmoqda, deb xabar tarqatdi Manchester Evening News nashri.
Ta’kidlash joizki, Ronalduning avvalgi maoshi kattaroq edi. Jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmagani uchun portugaliyalik futbolchining daromadi ham 25 foizga pasaytirilgan. Hozir to‘purarga yozilayotgan pul haftasiga 443,5 ming evroni tashkil qiladi.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag Ronalduni asosiy tarkibdan chetlatgan. Krishtianu formasini ushlab turish uchun individual tarzda mashg‘ulot o‘tamoqda.

Fikrlar