Jazoir Messi tufayli FIFAga shikoyat kiritdi
Jazoir futbol federatsiyasi jahon chempionati guruh bosqichi birinchi turida Argentinga qarshi o‘yindan so‘ng FIFAga rasmiy shikoyat yo‘lladi. Afrika jamoasi vakillari uchrashuvdagi hakamlikdan norozilik bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jazoir tomoni uchrashuv bosh hakami Shimon Martsinyak ikki nafar argentinalik futbolchini maydondan chetlatishi kerak edi, deb hisoblamoqda.
Xususan, Lionel Messi Aisse Mandiga nisbatan qo‘pol o‘yin qo‘llagani, Aleksis Makallister esa Ibrohim Mazaga tirsak bilan zarba bergani aytilmoqda.
Bu haqida TSA nashri xabar berdi.
Uchrashuv Argentina jamoasining 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Keyingi turda Argentina Avstriyaga qarshi maydonga tushadi, Jazoir esa Iordaniya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar