JCh-2018 dan umidini uzgan BAA Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi bilan shartnoma imzolamoqchi
BAA argentinalik mutaxassis Edgardo Bausa bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
ESPN nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, 59 yoshli mutaxassis shu vaqtga qadar terma jamoani boshqarib kelgan Mahdi Alining bo‘shab qolgan o‘rnini to‘ldirishi mumkin.
Qayd etish lozim, BAA Jahon Chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, assotsiayiya rahbariyati 52 yoshli mutaxassisni o‘z lavozimidan ozod qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, BAA 13 iyun kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida mehmonda Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.



Fikrlar