JCh-2022 saralashiga qur’a tashlandi, O‘zbekiston "D" guruhida Saudiya Arabistoni va boshqalar bilan kuch sinashadi

  • 17 iyul, 2019, 14:35
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

D_pryBbXYAAGsjx (1)

Jami 40 ta yurt terma jamoalari saralashdagi o‘z raqiblari nomini bilib oladi. Birinchi saralash bosqichida zafar quchgan 6 ta terma jamoa ushbu ikkinchi bosqichga avtomatik tarzda yo‘l olgan 34 ta yurt termalari bilan birgalikda jami 5 ta savatga ajratib chiqilgan. Natijada har bir guruhda 5 tadan ishtirokchi bo‘ladi va guruhlar soni 8 tani tashkil etadi. Saralash bahslari yakunida guruhda 1-o‘rinni band etadigan 8 ta terma jamoa va 2-o‘rin sohiblari ichidagi eng yaxshi natijaga ega yana 4 ta terma jamoa Osiyo kubogi-2023 final bosqichiga yo‘l olish bilan birgalikda Jahon chempionati-2022 saralashining ham yakuniy hal qiluvchi bosqichi yo‘llanmasini rasmiylashtiradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-savatdan o‘rin olgan.

D_lqJOxW4AAB_5Y

14:00. Ayni paytda qur’a tashlash marosimi boshlandi.

14:02. Dastlab Rossiyada o‘tgan jahon chempionatiga oid videorolik namoyish etildi.

14:05. OFK vakili musobaqa borasida ma’lumotlar bermoqda.  

14:08. Marosimda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va boshqalar ham ishtirok etishmoqda.

14:11. Sahnaga Avstraliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Tim Kexill taklif etildi va u marosim, jamoalar va musobaqa borasida gapirib o‘tdi.

14:15. Endi qur’a tashlash jarayoni boshlanmoqda. Umid qilamizki, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga oson, qulay raqiblar to‘g‘ri keladi!!!

"A" guruhi: Guam, Maldiv, Filippin, Suriya, Xitoy

"V" guruhi: Nepal, Quvayt, Xitoy Taypei, Iordaniya, Avstraliya 

"S" guruhi: Kambodja, Gonkong, Bahrain, Iroq, Eron

"D" guruhi: Singapur, Yaman, Falastin, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni

"E" guruhi: Bangladesh, Afg‘aniston, Hindiston, Ummon, Qatar

"F" guruhi: Mo‘g‘uliston, Myanma, Tojikiston, Qirg‘iziston, Yaponiya

"G" guruhi: Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vetnam, BAA

"H" guruhi: Shri-Lanka, Turkmaniston, KXDR, Livan, Janubiy Koreya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
maxmud muzaffarov
17/07/2019 15:05
xa xuddi buyurtma qilganday tushibti jamoamizga lekin saudia arabistonini urniga avtraliyami eronmi tushsa yaxshi bulardi
Низомтой Эргашев
17/07/2019 14:40
Саудия духига утиргандур Узбекистонди куриб
&
ахмад49
18/07/2019 10:41
Хозир хамма термалардан сюрпризлар кутиш мумкин, шунинг учун бемалол,уйнаб-уйнаб деган сузларни умуман эсдан чикариш керак,гурухдан чикаолмай колиш вариянтини хам эсдан чикармаслик керак.
&
ахмад49
18/07/2019 10:41
Хозир хамма термалардан сюрпризлар кутиш мумкин, шунинг учун бемалол,уйнаб-уйнаб деган сузларни умуман эсдан чикариш керак,гурухдан чикаолмай колиш вариянтини хам эсдан чикармаслик керак.
&
Surxon turon
17/07/2019 21:15
Бемолол биринчи бӯлиб чиқади гурухдан савудия духуга синди лекин
&
BBS UZB
17/07/2019 16:18
Osiyo kubogi 2023 aniq. Lekin, S.Araviyani omadi kelmadi
Илхом Anvarov
17/07/2019 14:39
Омад Узбекистон терма жамоасига!
Низомтой Эргашев
17/07/2019 14:38
Узбекистон бемалол 1 чи орин билан разминка килиб чикади бу гурухдан
&
17/07/2019 16:54
Mensimasdan òynamaslik kerak raqibni har qanday raqibga ham bor imkoniyatni ishga solamiz. Mensimaslikni tamini totib kòrganmiz