JCh-2022 startiga sanoqli soatlar qoldi! Ilk Mundialni o‘zida qabul qilgan va unda g‘olib bo‘lgan Urugvayning hozirgi holati haqida

  • 20 noyabr, 2022, 15:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Muxlis va mutaxassislarni intizorlik bilan kuttirayotgan turnir tez orada boshlanadi.

Tecno

Qaysi terma jamoalar "JCh-2022"da ishtirok etishini yaxshi bilasiz. Agar hamon bundan xabardor bo‘lmasangiz yana bir  bor eslatib o‘tib ketamiz.

Mundial startiga bir kun qoldi va biz ketma-ketlikda termalar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Demak, "H" guruhining uchinchi vakili Urugvay terma jamoasi orqali o‘ziga xos "chellenj"imizni davom ettiramiz.

Jamoa haqida

Urugvay futbol assotsiatsiyasi. Laqabi — “moviy osmon”.

Tashkil topgan yil: 1900 yil (FIFAga 1923 yil a’zo bo‘lgan)
Jamoa bosh murabbiyi: Diego Alonso Lopes
Jamoa sardori: Diego Godin

Ilk rasmiy uchrashuvi: Urugvay – Argentina 2:3 (1901)
Eng yirik g‘alaba: Urugvay – Boliviya 9:0 (1927)
Eng yirik mag‘lubiyat: Urugvay – Argentina 0:6 (1902)

Urugvay terma jamoasi ayni payt FIFA reytingida 14-o‘rinni egallab turibdi. Ularning eng yaxshi natijasi 2-pog‘onadir. “Moviy osmon” 2011 yilda kuchli 3 likka kira olishni uddalagan. Urugvayning eng yomon ko‘rsatkichi esa 76-o‘rin hisoblanadi.

Urugvay terma jamoasining jahon chempionatlaridagi tarixi

Urugvay jahon chempionatlarida g‘olib chiqqan eng kichik va birinchi davlatdir. Ular 1930 yilda o‘z maydonlarida o‘tgan turnirida g‘olib chiqdi. Oradan 20 yil o‘tib, aniqrog‘i 1950 yilda urugvayliklar yana final yo‘llanmasiga ega chiqdi va hal qiluvchi bahsda braziliyaliklarni mag‘lub etib, butun dunyoni yana bir bora lol qoldirdi. O‘shandan beri “moviy osmon”  yana uch marta - 1954, 1970 va 2010 yillarda yarim finalga chiqishni uddalagan. Urugvay terma jamoasi jahon chempionatida 13 marta ishtirok etgan va faqat uch marta guruhdan chiqishni uddalay olmagan.

Urugvay bilan guruhdan qaysi jamoalar joy olgan?

Mutaxassislar Urugvayni Portugaliya bilan birga “H” guruhi favoriti sifatida e’tirof etmoqda. Haqiqatdan ham ular Gana va Janubiy Koreyadan tarkib va JChdagi ishtiroki borasida bir bir bosh ustundek ko‘rinmoqda. Shuni ham aytish kerakki, guruhda 2-o‘rinni egallagan terma jamoa katta ehtimol bilan pley-offda Braziliyaga to‘qanash keladi. Buni esa hech kim istamasa kerak.

Turnirgacha bosib o‘tgan yo‘li

Braziliya Qatardagi mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 16-jamoa bo‘lgan. Ular o‘z qit’asida 28 ochko bilan JCh chiptasiga ega chiqishdi.

Umuman olganda, Janubiy Amerikada 10 ta jamoa mundial uchun kurash olib boradi. “Moviy osmon” 28 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinni egallashdi. Guruhda ulardan tashqari Argentina, Braziliya, Ekvador, Peru, Kolumbiya, Chili, Paragvay, Boliviya, Venesuela kabi terma jamoalar ham bor edi.

Jamoa etakchilari

Urugvay terma jamoasi ajoyib tarkibga ega. Ayniqsa, “moviy osmon”ning hujum chizig‘i ancha yulduzli hisoblanadi. Boisi, muxlislar joriy mavsum boshida “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan Darvin Nunesdan ko‘p narsa kutishmoqda. Qolaversa, Edison Kavani va Luis Suares uchun ham ushbu mundial so‘nggisi hisoblanadi. Shu sababli ular Qatardagi musobaqada uzoqroqqa borishga harakat qilishi tabiiy. “Real” safida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan Federiko Valverdeni esa esdan chiqarib bo‘lmaydi. U “qirollik klubi” tarkibida ketma-ket uchrashuvlarda gollar va assistlar qayd etishni ham uddalamoqda.

Shuningdek, tarkibda “Tottenxem”, “Roma”, “Latsio”, “Napoli”, “Manchester Yunayted” va “Barselona” klublari sharafini himoya qiluvchi iqtidorlar ham bor.

Darovzabonlar: Fernando Muslera («Galatasaray»), Serxio Rochet («Nasonal»), Sebastyan Sosa («Independente»).

Himoyachilar: Diego Godin («Atletiko Mineyro»), Martin Kaseres («Los-Andjeles Gelaksi»), Xose Ximenes («Atletiko»), Sebastyan Koates («Sporting»), Matias Vinya («Roma»), Ronald Arauxo («Barselona»), Gilermo Varela («Flamengo»), Matias Olivera («Napoli»), Xose Rodriges Bebans («Nasonal»).

Yarim himoyachilar: Matias Vesino («Latsio»), Rodrigo Bentankur («Tottenxem»), Federiko Valverde («Real»), Djordjian de Arraskaeta («Flamengo»), Lukas Torreyra («Galatasaray»), Nikolas de la Krus («River Pleyt»), Manuel Ugarte («Sporting»), Fakundo Torres («Orlando Siti»), Fakundo Pelistri («Manchester Yunayted»).

Hujumchilar: Luis Suares (klubsiz), Edinson Kavani («Valensiya»), Darvin Nunes («Liverpul»), Maksi Gomes («Trabzonspor»), Agustin Kanobbio («Atletiko Paranaense»)

JCh-2022dagi taqvimi

1-tur
24 noyabr. Urugvay – Janubiy Koreya

2-tur
28 noyabr. Portugaliya – Urugvay

3-tur
2 dekabr. Gana – Urugvay

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!