"JCh-2026". Mbappening dubli Fransiyani ishonchli tarzda 1/8 finalga olib chiqdi
Jahon chempionati 1/16 finalidan o‘rin olgan bahsda Frantsiya terma jamoasi Shvetsiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
⠀
Uchrashuvda fransuzlar o‘yin davomida to‘liq ustunlik qildi.
⠀
Kilian Mbappe ushbu bahsning bosh qahramoniga aylandi. Hujumchi 45 va 74-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubly muallifi bo‘ldi. Yana bir golni Bredli Barkolya o‘z hisobiga yozdirdi.
⠀
Frantsiyaning har ikki hujumida hal qiluvchi rol o‘ynagan Maykl Olise esa ikkita golli uzatma berib, jamoasining yirik g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
⠀
Shu tariqa, Frantsiya 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, Jahon chempionatining 1/8 finaliga chiqdi.

Fikrlar