
"Jenoa" hujumchisining otasi "Roma" qarorgohida janjal ko‘tardi
"Jenoa" hujumchisi Janluka Skamakkining otasi "Roma" qarorgohida tartibsizlik uyushtirdi.
Football Italia nashrining xabar berishicha, “Sassuolo” futbolkasini kiygan va qo‘lida temir armatura bilan qurollangan erkak “Roma” qarorgohi avtoturargohiga kirib, klub sport direktori Tiago Pintoga tegishli bo‘lgan bir nechta mashinaga zarar etkazgan.
Keyin u yoshlar jamoasi mashg‘ulot olib borayotgan maydonga yo‘l olgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlar ushbu holatdan hayratga tushishgan. Politsiya xodimlari bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga etib kelgan va yonida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan odamni hibsga olgan.
Keyinchalik o‘tkazilgan surushtiruvlar davomida u "Roma"ning sobiq futbolchisi Janluka Skamakkaning otasi ekanligi aniqlangan. (Skamakka 2012-2015 yillarda “Roma” yoshlar jamoasida o‘ynagan).
Hozircha futbolchining otasi nima sababdan ushbu ishga qo‘l urgani ma’lum qilinmayapti.
Fikrlar