
“Jenoa” jamoa o‘yinini Shomurodov atrofida qayta quradi
Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tgani haqiqatan shov-shuvli transfer bo‘ldi va uning atrofidagi fikr-mulohazalar, taxmin va tahlillar hamon tingani yo‘q.
Biz Eldor Shomurodovning faoliyatidagi eng muhim qirralar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.
"Rolando Maran jamoa o‘yinini kuchli hujumchi atrofida qurishga odatlangan. Lekin hozirgacha uning qo‘l ostida ishonchni oqlay oladigan forvard yo‘q edi. “Jenoa”dagi hujumchilardan birining yoshi o‘tib qolgan, ikkinchisining saviyasi talabga javob bermaydi, boshqalari ko‘p jarohat oladiganlar toifasidan. Barqarorlik yo‘q.
Rolando orzu qilgan hujumchi aynan Eldor bo‘lishi mumkin. Chunki o‘zbek futbolchisi jarohatga moyil emas, chidamli, tezkor va aqlli futbol namoyish etadi. Rolando esa, jamoa o‘yinining asosiy figurasi bo‘lgan hujumchining juda ko‘p hislatlareni o‘zida birlashtirgan bo‘lishini istaydi. Demak, ana shunday forvardlar toifasiga kiradigan Shomurodov kam gol ursa-da, hozirgi bosh murabbiy uchun ideal variant.
Shu o‘rinda, Rolando boshqargan jamoada hujumchilar hech qachon 12 tadan ko‘p gol urmaganini ta’kidlash joiz. Bundan keyin ham “Jenoa” raqib darvozasini “ilma-teshik” qilib tashlashiga hech kim ishonmaydi. Biroq, hamma uzoq o‘lkadan kelgan Eldor Shomurodov jamoaga yangicha ruh olib kirishini kutmoqda"...
Maqolaning to‘liq shakli bilan tanishing:
Fikrlar