Jerrard Saloҳ o‘rniga "Liverpul" uchun eng mos futbolchini aytdi

  • 30.03.2026 13:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard mersisaydliklar tarkibida Muhammad Saloҳ o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Sobiq yarim himoyachining fikricha, misrlik yulduzga munosib o‘rinbosar topish juda qiyin va qimmatga tushadi.

"Muhammadga o‘rinbosar topish og‘ir va juda qimmat. Jamoaga o‘ziga xos, natija bera oladigan va tajribaga ega futbolchi kerak. Agar mendan so‘rasangiz, Maykl Oliseni tanlar edim", — dedi Jerrard "TNT Sports"ga bergan intervyusida.

Hozirda Maykl Olise Myunxenning "Bavariya" klubida to‘p tepmoqda. 24 yoshli fransiyalik futbolchi joriy Bundesligа mavsumida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 17 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Uning bozorgaгi taxminiy qiymati 140 million evroni tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!