Jerrardning o‘rnini kim egallashi aniq bo‘ldi

  • 18 noyabr, 2021, 13:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Glazgo "Reynjers" klubi yangi bosh murabbiy bilan deyarli kelishuvga erishdi. Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, Shotlandiya grandini Jovanni van Bronkxorst o‘z qo‘liga oladi.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yaxshi ketmoqda, niderlandiyalik mutaxassis shaxsiy shartnoma tafsilotlari bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi.

Aytish kerakki, Stiven Jerrard "Aston Villa"ga ketgach, ushbu lavozimga Jennaro Gattuzo va Ronald Kuman nomzodlari ham tilga olinayotgan edi.

Van Bronkxorst uchun "Reynjers" begona emas. U 1998-2001 yillarda ushbu jamoa tarkibida futbolchi sifatida to‘p surgan. Bosh murabbiy sifatida esa "Feyenoord" va "Guanchjou Fuli" klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!