Jervonta Devis- Rayan Garsiya jangi o‘zbek boks yulduzlari talqinida!

  • 13 aprel, 2023, 09:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

22 aprel kuni butunjahon boks olamining diqqat e’tibori birgina jangga qaratiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shu kuni engil vazn toifasi yulduzlari Jervonta Devis hamda Rayan Garsiya to‘qnash keladi. Albatta, ushbu qarama-qarshilik o‘zbekistonlik boks ixlosmandlarini ham befarq qoldirmasa kerak. Biz aynan ushbu omillarni inobatga olib, o‘zbek boks yulduzlarining bu jang borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Bahodir Jalolov – bokschi

- Avvlo, barchasini Alloh bilguvchi! Biroq, Devisni kuchliroq deb o‘ylayman. Garsiya hali, xech narsani isbotlagani yo‘q. Devis esa kuchli raqiblarini ustidan g‘alaba qozondi. Shuning uchun Jervonta g‘alaba qozonsa, kerak degan fikrdaman. Lekin bu boks, oldindan biror narsa deyish qiyin.

IMG_20230413_090345_081

Hasanboy Do‘smatov – bokschi

- Albatta, qiziqarli jang bo‘ladi. Har ikkisini yaxshi saviyadagi bokschilar deb bilaman. O‘ylashimcha bu jang oxiriga qadar bormasligi ham mumkin. Katta ehtimol, bilan bu to‘qnashuvda Jervonta Devisni imkoniyati yuqoriroq.

IMG_20230413_090243_922

Isroil Madrimov – bokschi

- Jervonta Devis-Rayan Garsiya o‘rtasidagi jang borasida gapiradigan bo‘lsak, Jervontada imkoniyat ko‘proq, deb bilaman. Sababi, unda tezlik va zarba kuchi ham bor. Garsiyada esa tezlik yuqori ekanligini aytishimiz mumkin. Shuning uchun hamma narsa bo‘lishi ham mumkin. Mening nazdimda yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, Devisda imkoniyat ko‘proq.

IMG_20230413_090314_129

Mujibullo Tursunov - bokschi

- To‘g‘risi juda qiziqarli jang bo‘ladi. Menimcha ushbu jangni barcha kutayotganligi aniq. Ikkisi ham yaxshi daraja ko‘rsata olishgan. Ammo, baribir Jervonta Devis unga nisbatan kuchliroq va ushbu jangda g‘alaba qlzonsa kerak.

IMG_20230413_090352_186

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev – bokschi

- Bu jangda kim yutishi haqida biror fikr bildirishim qiyin. Biroq, Jervonta Devisga muxlislik qilaman. Uning ringdagi harakatlari, uslublari umuman o‘zini tutishi yoqadi. Shuning uchun Jervonta yutadi, degan umiddaman.

IMG_20230413_090412_990

Abdumalik Xalakov – bokschi

- Bu jangni men ham rosa kutyapman. Menimcha Jervonta 4 yoki 5-raundda nokaut qiladi. Rayan Garsiyaning darajasi Jervonta Devisdan ancha past, deb o‘ylayman.

IMG_20230413_090453_998

Lazizbek Mullojonov - bokschi

- Har ikkisi kuchli bokschi va o‘zi uslublari bor. Shuningdek, ularning "pancher"ligini aytib o‘tish ham lozim. Biroq, baribir bu jangda Devis g‘alaba qozonsa kerak, degan fikrdaman.

IMG_20230413_092711_862

A’loxon Abdullaev – bokschi

- Bu jang tomoshabop va qiziqarli o‘tishi aniq. Sababi, ikki engil vazn yulduzlari to‘qnash keladi. Hali ular mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishmagan. G‘alabaga chanqoq bokschilar sanaladi. Ammo, baribir Jervontaning imkoniyati biroz yuqori, deb o‘ylayman. Sababi, Jervonta “udarnik” bokschi hisoblanadi. Shu narsa ham jang taqdiriga juda katta ta’sir qiladi, degan fikrdaman.

IMG_20230413_090401_201

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!